BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterrish videomurojaat yo‘lladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuidagi Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tayotgani munosabati bilan BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterrish videomurojaat yo‘lladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuidagi Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tayotgani munosabati bilan BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterrish videomurojaat yo‘lladi. Unda ushbu konferensiya Afg‘onistonda tinchlikka erishishga xizmat qilishi qayd etildi.“BMT sizning Afg‘onistonda barqaror rivojlanish sari olib borayotgan sa’y-harakatlaringizni yuqori baholaydi va uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor”, deyiladi BMT Bosh kotibi murojaatida.