Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Buxoro tumanidagi «Buxoro baliq sanoat» mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘ldi.

Mamlakatimizda aholining baliq mahsulotiga ehtiyojini qondirish, tarmoqda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mazkur sohada faoliyat yuritayotgan xo‘jaliklar moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Keyingi yillarda respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, shu jumladan, sifatli baliq mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish bo‘yicha bir qancha dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Jumladan, 2017-yil 1-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, «O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi tashkil qilindi. Uyushma tomonidan tabiiy va sun’iy suv havzalarini baliqlantirish uchun qimmatli baliq turlarini ko‘paytirishni yo‘lga qo‘yishda baliqchilik tarmog‘i tashkilotlariga ko‘maklashish, lichinka yetishtirish bo‘yicha yangi inkubatsiya sexlari tashkil etish, baliq chavoqlari yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish, chavoq hovuzlarni modernizatsiya qilish va kengaytirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.

«Buxoro baliq sanoat» mas’uliyati cheklangan jamiyatida ham bu borada ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu yerda baliqni qayta ishlash, dudlash, baliq ozuqasi ishlab chiqarish, inkubatsiya sexi va yopiq suv aylanma tizimi ishga tushirilgan.

Umumiy maydoni to‘qson gektar bo‘lgan xo‘jalikda 40 gektarlik suv havzasi bo‘lib, yangi loyihaga ko‘ra, 50 gektari rekonstruksiya qilinadi.
Prezident baliqchilik xo‘jaligida amalga oshiriliyotgan ishlar bilan tanishdi.

- Baliq yetishtirish hajmini oshirishimiz kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Ayni paytda aholining baliq va baliq mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondira olayotganimiz yo‘q. Bu kabi xo‘jaliklarni Buxoroning har bir tumanida tashkil qilish darkor.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda baliq yetishtirish hajmi ortadi