O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 29-oktabr kuni AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennonni qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev mehmonni yurtimizga tashrifi bilan samimiy qutlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etgani va qo‘llab-quvvatlagani uchun AQSh Prezidenti Barak Obama va Davlat kotibi Jon Kerriga samimiy minnatdorlik bildirdi. AQSh delegatsiyasi 28-oktabr kuni Samarqandda bo‘lib, Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirgani Birinchi Prezidentimiz xotirasiga va xalqimizga yuksak hurmat-ehtirom ifodasidir.

Suhbat davomida tomonlar O‘zbekiston-AQSh munosabatlari o‘zaro hurmat va ishonch, bir-birining manfaatlarini inobatga olish tamoyillari asosida izchil, muvaffaqiyatli rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotganini ta’kidladilar.

Turli darajadagi muntazam muloqotlar ko‘p qirrali hamkorlikni samarali rivojlantirish hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, gumanitar va boshqa sohalarda salmoqli natijalarni qo‘lga kiritish imkonini bermoqda.

An’ana tusini olgan siyosiy maslahatlashuvlar doirasida tomonlar o‘zaro munosabatlarga doir keng ko‘lamli masalalar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar, jumladan, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashib kelmoqda. Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan barqarorlashtirish jarayoni va ushbu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tomonlar savdo, sarmoya va yuqori texnologiyalar sohalaridagi o‘zaro manfaatli hamkorlikka yuksak baho berdilar. Bugungi kunda O‘zbekistonda AQShning «General Motors», «Boeing», «General Electric», «Honeywell», «Hyatt», «Hilton» kabi ko‘plab yetakchi kompaniyalari samarali faoliyat yuritmoqda. Amerika-O‘zbekiston savdo palatasining aniq maqsadli faoliyati keng miqyosdagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari mamlakatlarimizning uzoq muddatli manfaatlariga mos keladigan barcha istiqbolli yo‘nalishlarda sheriklik va hamkorlikni izchil mustahkamlab, kengaytirib borish uchun zarur imkoniyat va salohiyatga ega ekani qayd etildi.

AQSh delegatsiyasi rahbari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarning, fuqarolik jamiyati asoslarini va demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan ulkan o‘zgarishlarning yorqin natijalarini yuksak baholadi.

Tomas Shennon yurtimizga tashrifi asnosida o‘zbek xalqi boy tarixiy-madaniy va ma’naviy merosga ega ekaniga yana bir bor amin bo‘lganini alohida qayd etdi.

Yoshlar, turli diniy konfessiyalar va keng jamoatchilik vakillari bilan ochiq va samimiy suhbatlar, ularning ertangi kunga ishonchi, intiluvchanligi, qat’iyati va g‘ayrat-shijoati mehmonda katta taassurot qoldirdi. Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik, millatlararo totuvlik va konfessiyalararo bag‘rikenglik muhiti diqqatga molik ekani alohida ta’kidlandi.

AQSh Davlat kotibining o‘rinbosari O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasiga ham tashrif buyurib, Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarida yuksak natijalarni qo‘lga kiritgan sportchilarimizni tabrikladi.

Tomas Shennon samimiy qabul uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi va AQSh rahbariyati O‘zbekiston bilan serqirra munosabatlarni izchil va barqaror rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Suhbat davomida ikki va ko‘p tomonlama ahamiyatga ega boshqa dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSh Davlat kotibining o‘rinbosari bilan uchrashuv