O‘zA O`zbek

22.05.2020 Chop etish versiyasi

Andijonda qoʻshimcha 789 loyiha doirasida 42 ming ish oʻrni yaratiladi

Andijonda qoʻshimcha 789 loyiha doirasida 42 ming ish oʻrni yaratiladi

Andijon shahrida oʻtayotgan yigʻilishda viloyatda yangi korxonalar tashkil etish va ish oʻrinlarini koʻpaytirish chora-tadbirlari batafsil muhokama qilindi.

Joriy yilda 789 ta loyiha boʻyicha 7 trillion soʻm investitsiya oʻzlashtirilib, 42 ming ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan.

Toʻqimachilik yoʻnalishida umumiy qiymati 106 million dollar boʻlgan 13 ta loyiha amalga oshirilib, ip-kalavani qayta ishlash darajasi 78 foizga yetkaziladi, 278 million dollarlik eksport taʼminlanadi.

Qurilish materiallari tarmogʻida 2020-2021-yillarda 74 loyiha samarasida 106 million dollarlik import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

Oilaviy tadbirkorlikka 353 milliard soʻm kredit, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 20 million dollar ajratilishi belgilandi.

Boʻsh turgan binolardan samarali foydalanish, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, aholini soliqdan ozod qilingan 60 dan ortiq turdagi kasbga oʻqitish boʻyicha topshiriqlar berildi.

3 802
OʻzA