Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili viloyatga tashrifi doirasida Andijon shahrining Sulton Jo‘ra nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inida barpo etilayotgan 7 qavatli 5 ta uy-joy bilan tanishib, bu yerni yangi massivga aylantirish bo‘yicha tavsiyalar bergan edi.

Ushbu inshootlar atrofi obodonlashtirilib, o‘rindiqlar o‘rnatildi, bolalar maydonchalari, mini-market, kiyim-kechak do‘koni, novvoyxona, avtoturargoh barpo etildi.

Ayni paytda davlatimiz rahbarining topshirig‘i asosida hududda yana 9 ta, shahar bo‘yicha jami 14 ta ko‘p qavatli uy qurilmoqda. Turar-joylarni joriy yil sentyabr oyida o‘z egalariga topshirish ko‘zda tutilgan.

02.jpg

Mahallaning shimoliy qismidagi hovlilar o‘rniga ham ko‘p qavatli uylar, 1000 o‘rinli maktab, 280 o‘rinli bog‘cha, mehmonxona, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qurish rejalashtirilgan.

Prezidentimiz kelajakda bu massivda 50 ta ko‘p qavatli uy qurish kerakligini ta’kidladi.

– Yangi quriladigan 50 ta ko‘p qavatli uy uch yilda Andijonda uy-joyga ehtiyojni ta’minlashga erishish imkonini beradi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

03.jpg

Davlatimiz rahbari joriy yilda qurilayotgan 14 uyga qo‘shimcha yana 5 ta ko‘p qavatli uy barpo etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi. Shaharning Bog‘ishamol dahasida qurilishi rejalashtirilgan 2 sotixli turar-joy binolari loyihasi bilan tanishib, o‘z tavsiyalarini bildirdi.

Shu yerda Andijon shahrining 2035-yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasi va shaharda amalga oshiriladigan boshqa ijtimoiy-infratuzilma obyektlarini qurish-rekonstruksiya qilish loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Andijon shahrida 422 ming aholi 15 ming gektar joyda istiqomat qilmoqda. Prezidentimizning o‘tgan yilgi topshirig‘i asosida “O‘zshaharsozlik LITI” DUK tomonidan shaharning yangi bosh rejasi loyihasi ishlab chiqilib, unda Andijon tumani va qisman Oltinko‘l tumani hududidan 6 ming 300 gektar maydonni Andijon shahriga qo‘shish ko‘zda tutilgan.

04.jpg

Prezidentimizga Andijon shahridagi Devonaboy masjidi hamda Yu.Otabekov ko‘chasini kapital rekonstruksiya qilish loyihalari haqida ma’lumot berildi.

Mazkur ko‘chadan oqib o‘tuvchi kanal bo‘yi obodonlashtirilib, atrofida odamlar dam oladigan saylgoh barpo etilmoqda. Hozirgi kungacha kanalning 500 metr qismidagi ishlar bajarildi, Mustaqillik bayramigacha 3,5 kilometr qismi to‘liq obod etiladi.

Shavkat Mirziyoyev barcha loyihalarni bajarishda sifat va muddatga e’tibor qaratish, uzoq kelajakni hisobga olish kerakligini ta’kidladi.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga safari yakuniga yetdi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

05.jpg

06.jpg

07.jpg

08.jpg

09.jpg

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijon shahri kelasi 3 yilda 50 ta ko‘p qavatli uy quriladi