O‘zA O`zbek

13.09.2018 Chop etish versiyasi

“Amkodor-Agrotexmash” qoʻshma korxonasi rasman ochildi

“Amkodor-Agrotexmash” qoʻshma korxonasi rasman ochildi Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Aleksandr Lukashenko Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi hududida tashkil etilgan “Amkodor-Agrotexmash” qoʻshma korxonasini ochdi.

Umumiy qiymati 33 million dollar boʻlgan mazkur loyiha 2018-2021 yillarga moʻljallangan. Bugun rasman ishga tushgan birinchi bosqichda qurilish va qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan 12 turdagi ekskovatorlar ishlab chiqariladi. Mahalliylashtirish darajasi 2019 yilda 22 foizga, 2021 yilda kamida 50 foizga yetkaziladi.

69e2b028-ee08-d216-108c-10616dc17cc3.jpg

Davlatimiz rahbari mahsulot turlarini koʻpaytirish va mahalliylashtirish darajasini oshirish zarurligini taʼkidladi. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi texnikalarini mintaqamizdagi mamlakatlarga yetkazib berish uchun qulayligini qayd etdi.

Shu yerda qoʻshma korxonada ishlab chiqarilgan dastlabki ekskovatorlar namoyish etildi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.