Muhtaram Prezident Janoblari!

Muhtaram Prezident Janoblari!

Sizga va Sizning timsolingizda butun Amerika xalqiga yangilanish, farovonlik va uyg‘onish fasli bo‘lgan Navro‘z bayrami munosabati bilan yo‘llagan samimiy tabrik va ezgu tilaklaringiz uchun chin dildan minnatdorlik izhor etaman. 

Sizning shaxsiy  munosabatingizni yuksak qadrlayman, O‘zbekiston Respublikasi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, xususan, mamlakatlarimiz biznes doiralarining yaqin aloqalarini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. 

O‘zbekiston bilan Amerikaning strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, ayniqsa, mintaqaviy va xalqaro tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi dolzarb masalalar bo‘yicha yondashuvlarimizning mushtarakligi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli munosabatlarni izchil rivojlantirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman. 

Biz amalga oshirayotgan chuqur va keng ko‘lamli islohotlarni yuksak e’tirof etganingiz uchun Sizdan minnatdorman. Biz fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash, bozor islohotlarini chuqurlashtirish va aholi hayot darajasini tubdan oshirish bo‘yicha tanlagan yo‘limizni qat’iy va izchil davom ettiramiz.

Fursatdan foydalanib, Sizga, Janob Prezident, mustahkam sihat-salomatlik va davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar, Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqiga tinchlik, xotirjamlik va farovonlik tilayman. 

Samimiy hurmat bilan,
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Jon Tramp Janobi Oliylariga