O‘zA O`zbek

10.08.2020 Chop etish versiyasi

Aleksandr Lukashenkoga tabrik

Aleksandr Lukashenkoga tabrik

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni Belarus Respublikasi Prezidenti saylovida erishgan ishonchli gʻalabasi bilan qutladi.

Davlatimiz rahbari oʻz maktubida saylovchilar ishtirokining yuqori darajasi va ovoz berish natijalari Belarus xalqining Aleksandr Lukashenkoga boʻlgan ulkan ishonchini va birdamligini, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, mamlakatda barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash yoʻlida amalga oshirilayotgan samarali islohotlar davom ettirilishini toʻliq qoʻllab-quvvatlayotganini yana bir bor namoyon etganini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasida oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish ikki tomonlama munosabatlarni aniq mazmun – iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiya boʻyicha muhim loyihalar va gumanitar almashinuvga oid dasturlar bilan boyitishiga ishonch bildirdi.

Davlatimiz rahbari Aleksandr Lukashenkoga mustahkam sogʻlik, farovonlik va yangi zafarlar, doʻst Belarus xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

6 876
O'zA