O‘zA O`zbek

13.09.2018 Chop etish versiyasi

Aleksandr Lukashenko:oʻzbeklarday savdo qilishni bilganimizda, hozirgidan ikki marta boyroq boʻlardik

Aleksandr Lukashenko:oʻzbeklarday savdo qilishni bilganimizda, hozirgidan ikki marta boyroq boʻlardik
Avval xabar qilinganidek, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan boʻlib turibdi.

Mazkur tashrif tafsilotlarini yoritib borayotgan Belarus Telegraf agentligi – “BelTA”ning xabar berishicha, ikki mamlakat rahbarlarining tor doiradagi muzokarasida Aleksandr Lukashenko Oʻzbekiston iqtisodiyoti va davlatlararo munosabatlari taraqqiy etayotganidan belaruslar mamnun ekanini aytib oʻtgan.

Shuningdek, u yurtimizda istiqomat qilayotgan belarus diasporasini har tomonlama qoʻllab-quvvatlayotgani uchun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik izhor qilgan.

“Men bu yerga Sizning Belarus va belaruslarga munosabatingiz uchunminnatdorlik bildirgani keldim. Biz, avvalo, mehnatsevarligimiz bilanbir-biriga juda oʻxshash xalqmiz. Agar ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimiznioʻzbeklar kabi savdo qilishni bilganimizda, hozirgidan ikki karra boyroq boʻlardik. Oʻylaymanki, sizlar bizga oʻz tajribangizni oʻrgatasiz,” – degan Belarus rahbari.

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning mamlakatimizga rasmiy tashrifi davom etmoqda.

3 234
Malohat Husanova, OʻzA