Akmal Saidovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi saylovchilari bilan uchrashuvi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri 20-fevral kuni Nukus shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi saylovchilari O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Akmal Saidov bilan uchrashdi.

Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 1-Qoraqalpog‘iston okrug saylov komissiyasining raisi K.Karimov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili Ye.Qutiboyeva yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Akmal Saidov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.
Nomzodning saylovoldi dasturida davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy choralar ko‘rish, mahalliy vakillik organlari huzurida jamoatchilik komissiyalari tuzish, ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarini izchil va demokratik rag‘batlantirish tizimini joriy etish, sud-huquq sohasini yanada demokratlashtirish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Uchrashuvda To‘rtko‘l tumani bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori B.Masharipov va boshqalar nomzodning dasturi xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Saylovchilarni joriy yilning 29-mart kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.