Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.02.2017 16:47 Chop etish versiyasi

Shavkat Mirziyoyev: aholining ehtiyoji, talabidan kelib chiqib bunday uylarni Toshkent shahrining 10 tumanida 10 tadan qurishni rejalashtirmoqdamiz

Shavkat Mirziyoyev: aholining ehtiyoji, talabidan kelib chiqib bunday uylarni Toshkent shahrining 10 tumanida 10 tadan qurishni rejalashtirmoqdamiz Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 3-fevral kuni Sergeli tumanida bunyod etilayotgan zamonaviy ko‘p qavatli uy-joylar bilan tanishdi.

Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, xalqimizning fidokorona mehnati tufayli mamlakatimiz har tomonlama rivojlanmoqda. Barcha shaharu qishloqlarimizda keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, aholining hayot sifati yildan-yilga yuksalib bormoqda.

Mustaqilligimiz me’mori Islom Karimov tashabbusi bilan aksariyat shaharlarimiz bosh reja asosida qayta qurildi. Toshkent, Nukus, Urganch, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz va boshqa shaharlarning bugungi jamoli buning yaqqol tasdig‘idir.

Sergeli tumanida 2016-2017-yillar rejasiga asosan 4284 xonadondan iborat 102 zamonaviy ko‘p qavatli uy-joy qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur yirik loyiha oilalarning turar joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini yaratadi. E’tiborlisi, uylar oilalarga imtiyozli ipoteka krediti orqali beriladi.

Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligi arafasida ushbu uy-joyning 66 tasini foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ta’lim muassasalari, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalari ham barpo etiladi.

Asosiy maqsadimiz odamlarga qulaylik yaratish, ularning turmush farovonligini yuksaltirish, dedi Prezidentimiz. Mazkur uy-joylar taqsimotida adolat mezoniga qat’iy rioya etilishi kerak. Shunda xalqimizning kayfiyati yaxshi, hayotdan rozi bo‘ladi. Ertangi kunga ishonchi ortadi. Aholining ehtiyoji, talabidan kelib chiqib bunday uylarni Toshkent shahrining 10 tumanida 10 tadan qurishni rejalashtirmoqdamiz.

Prezidentimiz mutasaddi rahbarlar va mutaxassislarga mazkur inshootlarni bugungi kun talablariga to‘la javob beradigan puxta loyihalar asosida qurish, ularni eng zamonaviy infratuzilmalar bilan ta’minlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi.

Bekzod Hidoyatov, Muhammad Amin (surat), O‘zA
572






Все о погоде - Pogoda.uz