Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-mart kuni mamlakatimizda jamoat salomatligini taʼminlash tizimi samaradorligini oshirish muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

Davlatimiz rahbarining shu yil yanvar oyida Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida aholi salomatligini yaxshilash boʻyicha ustuvor vazifalar belgilangan edi.

Bugungi yigʻilishda taʼkidlanganidek, yurtimiz sogʻliqni saqlash tizimida kasalliklarning oldini olishdan koʻra ularni davolashga koʻproq eʼtibor qaratiladi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tahliliga koʻra, inson salomatligiga taʼsir etuvchi omillar orasida tibbiy taʼminot 10 foizni, irsiy omillar 15 foizni, atrof-muhitning holati 20 foizni tashkil etadi. Eng muhimi, insonning turmush tarzi (jismoniy faollik, ovqatlanish, zararli odatlar) uning salomatligiga 55 foizgacha taʼsir koʻrsatar ekan.

Shu sababdan, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi hamda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasiga ilgʻor xorijiy tajriba asosida aholi salomatligini yaxshilash, odamlarimizni sogʻlom turmush tarziga oʻrgatishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Aholi salomatligi profilaktikasi avvalo qishloqlardan boshlanishi va bunga javob beradigan yaxlit tizim boʻlishi kerakligi qayd etildi. Masalan, suvning ifloslanishi buyrak, oshqozon-ichak xastaliklariga, atmosferadagi radiatsiya, oziq-ovqat mahsulotlarida kimyoviy vositalarning koʻpligi onkologik, notoʻgʻri turmush tarzi qon-tomir, yurak, endokrin, asab kasalliklarga sabab boʻlmoqda.

Bu masalalarni chuqur tahlil qilib, aniq dasturlar asosida joylarda manzilli ish tashkil etish vazifasi qoʻyildi.

Hozirda jahon boʻylab koronavirus infeksiyasining (COVID-19) tarqalishi yurtimiz aholisini ham maʼlum maʼnoda xavotirga solmoqda. Dunyoda jamoat salomatligi tizimini, goʻyoki, sinovdan oʻtkazayotgan ushbu xastalikning Oʻzbekistonga kirib kelmasligini taʼminlash avvalo mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimi, profilaktika ishlarini yana-da yuqori darajaga koʻtarishni taqozo etadi, dedi davlatimiz rahbari.

Shu munosabat bilan, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga bu borada koʻrilayotgan karantin va profilaktika choralari boʻyicha qoʻshimcha topshiriqlar berildi.

Bunda, eng avvalo, xalqaro tajriba asosida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga Aholi sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash markazini biriktirib, Agentlik salohiyatini ushbu vazifalarni samarali tashkil etishga qaratish kerakligi taʼkidlandi.

Agentlikning viloyatlar hamda tuman va shaharlarda alohida markazlari tashkil etiladi. Qishloq poliklinikalarida bu ishlarni samarali yoʻlga qoʻyish uchun uchtagacha mutaxassislar ajratiladi. Ular qishloq aholisini toʻgʻri ovqatlanish, gigiyenaga rioya qilish, onkologik, yurak qon-tomir kasalliklariga moyil boʻlganlarni barvaqt aniqlash bilan shugʻullanadi.

Qishloq vrachlik punktlari aholini yuqumli va yuqumli boʻlmagan kasalliklar boʻyicha maqsadli tibbiy koʻrik va soʻrovdan oʻtkazishni tashkil etishi zarurligi aytib oʻtildi. Masalan, 40 yoshdan oʻtganda infarkt, insult, diabetga, 35 yoshdan oshgan ayollarda esa saratonga moyillik paydo boʻladi.

Shuningdek, Agentlik xodimlari har bir xonadon, taʼlim muassasalari va tashkilotlarga borib, aholi oʻrtasida toʻgʻri ovqatlanish, dam olish, jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish ishlarini tashkillashtiradi.

Prezidentimiz ushbu sohada fanni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot muassasalarini qoʻllab-quvvatlash borasida mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Mazkur muassasalar hududlardagi kasallik omillari va sabablarini tahlil qilib, ularning har biri boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishi, Agentlik har bir hudud boʻyicha dasturlar qabul qilishi va hokimliklar bilan ijrosini tashkil etishi lozimligi taʼkidlandi.

Shu bilan bir qatorda, ilmiy-tadqiqot muassasalarining hozirgi ahvoli bu ishlarni tashkil etishga tayyor emasligi koʻrsatib oʻtildi.

Ovqatlanish, mehnat, oʻsmirlar gigiyenasi bilan shugʻullanadigan, sanitar meʼyor va qoidalarni ishlab chiquvchi ilmiy-tadqiqot institutida atigi 13,5 ta shtat mavjud.

Shuningdek, yosh bolalar oʻrtasida parazitar, raxit va distrofiya kasalliklari xavfi katta boʻlsada, ularni oldini olish va davolashning samarali tizimi yoʻlga qoʻyilmagan. Vaholanki, ushbu xastaliklar bolalarning immun tizimini ishdan chiqarib, boshqa dardlarga moyilligini kuchaytiradi.

Shu sababli, Samarqanddagi Tibbiy parazitologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinikasi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti bilan biriktiriladi. Ular negizida Epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar respublika ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilib, davolash jarayoni ilm bilan birga amalga oshiriladi.

Davlatimiz rahbari yana bir muhim masalaga eʼtibor qaratdi – xastalik omillarini tahlil qilib, davolovchi shifokorlarga profilaktika yoʻnalishida asoslangan tavsiya beradigan mutaxasislarni tayyorlash zarurligini taʼkidladi.

N.I.Pirogov nomidagi Rossiya tibbiyot ilmiy-tadqiqot universiteti hamda Turkiyaning Bahcheshehir universiteti filial va klinikalarini ochish ishlarini jadallashtirish kerakligi qayd etildi.

Yigʻilishda yuqumli va yuqumli boʻlmagan kasalliklarni barvaqt aniqlash, hisobini yuritish, tahlil va statistikasini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish masalalari batafsil muhokama qilindi.

Masalan, 2018-yilda 24 mingtaga yaqin aniqlangan xavfli oʻsma kasalliklarining 55 foizi 3 va 4-bosqichda aniqlangan. Bu har ikkinchi bemorning davolanishiga umid yoʻqligini anglatadi.

Shu munosabat bilan, kasalliklarning oldini olishda sodda, lekin zamonaviy va samarali uslublarni qoʻllash, ularni joriy etish koʻlamlarini kengaytirish lozimligi aytib oʻtildi.

Misol uchun, oddiygina vazn, boʻy, bel aylanasi, qon bosimini oʻlchab, turmush tarzini soʻrab-surishtirib, insonda infarkt, insult, diabet, gipertoniya kabi koʻplab kasalliklarni barvaqt aniqlash mumkin.

Yigʻilishda aholi salomatligini nazorat qilish tizimini ham qayta koʻrib chiqish zarurligi taʼkidlandi.

Xususan, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlashning samarali tizimi yaratilmagan, deyishga asoslar yetarli. Misol uchun, ularning tarkibida texnik palma moyining ishlatilishi qatʼiyan taqiqlangan, lekin buni aniqlaydigan mexanizmlar yoʻlga qoʻyilmagan. Vaholanki, ushbu mahsulot inson organizmi uchun gʻoyat zararli boʻlib, hayotiy muhim organlarni ishdan chiqarishi bilan birga onkologik kasalliklarga sabab boʻladi.

Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar boʻyicha mutasaddi rahbarlar hisobot berdi, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi salomatligi tizimining samaradorligini oshirish boʻyicha vazifalar belgilandi