O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida shu yil 11-aprel kuni kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida shu yil 11-aprel kuni kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari rahbarlari, Prezidentning Davlat maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, kompaniya va uyushmalar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, mamlakatimiz shahar va tumanlari hokimlari,  jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.  

Selektor yig‘ilishida dastlab hayotiy muhim masalalar bo‘yicha fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish borasidagi ishlarning ahvoli muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, mamlakatimizning barcha shahar va tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari hamda davlatimiz rahbarining Virtual qabulxonasi tashkil etilib, o‘z faoliyatini boshlagani xalq manfaatlarini ta’minlash, mamlakatni yangilash va demokratlashtirish yo‘lidagi ulkan amaliy qadam bo‘lgani alohida ta’kidlandi.

Joriy yil boshidan buyon Virtual qabulxonaga 315 mingta murojaat kelib tushgan. Joylardagi Xalq qabulxonalarida 47 mingdan ortiq fuqaro qabul qilingan va ularni qiynayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Shu bilan birga, joylarda ba’zi rahbarlarning aholining eng muhim hayotiy ehtiyojlari va haqli talablariga befarq munosabatda bo‘layotgani ko‘zga tashlanmoqda. Shikoyatlarning 70 foizi bevosita mahalliy hokimlik va idoralarning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha bo‘lsa-da, afsuski, ko‘tarilayotgan muammolar joyida hal etilmasdan qolmoqda. Shuning uchun aholi va yuridik shaxslar markaziy idoralarga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda.

Yig‘ilishda mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanib, Bosh vazir A.Aripov, Prezidentning Davlat maslahatchisi T.Xudoyberganovga ko‘plab murojaatlar, ayniqsa, takroriy murojaatlarga sabab bo‘layotgan tizimli muammolarni bir oy muddatda o‘rganib chiqib, ularni hal etish yuzasidan kompleks takliflar tayyorlash vazifasi topshirildi.

Selektor yig‘ilishida kun tartibidagi navbatdagi masala – mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash borasidagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

Istiqlol yillarida oziq-ovqat xavfsizligi va mustaqilligini ta’minlash sohasida ulkan ishlar amalga oshirilgani, yildan-yilga xalqimiz farovonligi ortib, turmush darajasi va sifati yuksalib borayotgani qayd etildi.

Mamlakatimiz tarixan qisqa muddatda asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan nafaqat o‘z aholimizni to‘liq ta’minlashga erishgani, balki eksportga mahsulot yetkazib berayotgani o‘tgan yillar davomida sohada amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarning natijasidir.

Ayni vaqtda mamlakatimizning ayrim hududlarida bu borada jiddiy oqsoqlik ko‘zga tashlanmoqda. Ba’zi mintaqalarda yaratilayotgan qulay sharoit va imkoniyatlarga qaramasdan, ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan o‘z aholisini to‘liq ta’minlashga erishilmagan. Masalan, Qashqadaryo viloyatida mahalliy aholini hududda yetishtirilgan meva bilan ta’minlash darajasi 71 foizni, Sirdaryo viloyatida 85 foizni tashkil etmoqda. Bu albatta hech kimni qanoatlantirmaydi.

Yig‘ilishda bu boradagi mavjud muammolarni hal etish yo‘llaridan biri – bu aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanishi bilan uzviy bog‘liq ekani ta’kidlandi. Afsuski, bu boradagi ahvol hamma joyda ham talab darajasida, deb bo‘lmaydi. Masalan, joriy yil davomida o‘tkazilgan o‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, Navoiy viloyatida 27 foiz, Samarqand viloyatida 45 foiz, Buxoro viloyatida 47 foiz, Jizzax viloyatida 50 foiz tomorqa yerlarida, afsuski, oziq-ovqat ekinlari va mevali daraxtlar ekilmagan.

Ana shu masalalarni hal qilish yuzasidan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va hokimliklar rahbarlariga oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va eksport hajmini ko‘paytirish uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi topshirildi. Jumladan, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan 66 tumandagi 455 ming gektar unumdor yerdan, 2017-2020-yillarda paxta va g‘alladan bo‘shaydigan 215 ming gektar maydondan unumli foydalanish zarurligiga urg‘u berildi. Shuningdek, mamlakatimizdagi 4 million 600 ming xonadonga tegishli 515 ming gektar tomorqa yerlariga joriy yilning 1-mayiga qadar oziq-ovqat ekinlarini to‘liq ekishni ta’minlash lozimligiga alohida e’tibor qaratildi.

Selektor yig‘ilishida yana bir muhim masala – hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda mahalliy rahbarlarning o‘rni va mas’uliyatini oshirish masalasi ko‘rib chiqildi. Avvalo, mahalliy rahbarlarning joylarda sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohasi va eksportni kengaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi jon boshiga daromadlar o‘sishini ta’minlashga qaratilgan ishlarni tashkil qilish va ularning qat’iy nazoratini amalga oshirish borasidagi muhim vazifalari belgilandi. Mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, yoshlarni xalqimizga begona bo‘lgan turli oqimlar ta’siridan himoya qilish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Joylardagi moliya-soliq organlarining asosiy vazifasi sifatida mahalliy byudjetning daromadlar bazasini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha zaxiralarni aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish zarurligi qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev selektor yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar haqida to‘xtalib, biz barchamiz mamlakatimiz va uning hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan izchil va mutanosib rivojlantirish, xalqimiz bilan doimiy va ochiq muloqot olib borish orqali yurtdoshlarimizni tashvishga solayotgan hayotiy muammolarni o‘z vaqtida va samarali hal etish, aholi uchun har tomonlama munosib turmush sharoitlarini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli vazifalarni o‘z zimmamizga olganimizni doimo yodimizda tutib, shu asosda faol ish olib borishimiz kerak, deb ta’kidladi.

Bu vazifalarni bajarish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, hukumatning har bir a’zosidan boshlab, eng quyi bo‘g‘indagi idora va tashkilotlar rahbarlari, barcha xodimlardan mas’uliyatni chuqur his etib, qat’iy tartib-intizom bilan fidokorona mehnat qilishni, eng muhimi, amaliy natijalarga erishishni talab etishi alohida qayd etildi.

Mamlakatimizda qabul qilinayotgan har bir qonun, farmon, qaror va farmoyish, barcha topshiriqlar o‘z vaqtida, sifatli va so‘zsiz bajarilishi zarur, dedi davlatimiz rahbari.

Yig‘ilishda Prezidentning Davlat maslahatchilari, Bosh vazir o‘rinbosarlari, Bosh prokuror, vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, respublika tumanlari va shaharlari hokimlari, mahalliy idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar yuzasidan vazifalar va zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi farovonligini yanada oshirish va mamlakatni rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi