O‘zA O`zbek

Siyosat

O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li

30.08.07 21:15

Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devonining O‘zbekiston mustaqilligining 16 yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi.

O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosarini qabul qildi

30.08.07 10:44

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 29 avgust kuni Oqsaroyda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi. Mamlakatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, bugungi uchrashuv O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlari izchil rivojlanib borayotganidan dalolat berishini ta’kidladi.

Muso Ja’far bin Hassan: "O‘zbekistonning tarixi boy, buguni yorqin, kelajagi buyukdir"

29.08.07 18:36

Samarqand shahrining 2750 yillik to‘yi, “O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzuidagi xalqaro konferensiya hamda “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali – bular O‘zbekiston qadriyatlari bilan bog‘liq xalqaro miqyosda o‘tkazilgan va o‘tkazilayotgan tantanalardir. O‘zA muxbiri ushbu anjumanlarning faol qatnashchisi – YUNESKO Bosh konferensiyasi raisi Muso Ja’far bin Hassan bilan suhbatlashdi.

Turkmaniston delegatsiyasining tashrifi

29.08.07 18:01

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri R.Meredov O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri V.Norov bilan uchrashdi.

Teran tafakkur va yuksak mahorat samaralari

29.08.07 17:33

Toshkentning Yunusobod tumanini Mirzo Ulug‘bek tumani bilan bog‘laydigan yangi, eng qisqa va qulay yo‘l yurtimiz bo‘ylab keng davom etayotgan bunyodkorlik ishlarining amaldagi yana bir ifodasidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 28 avgust kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Alloma ko‘chasidagi mana shu yo‘l hamda bu yerda bunyod etilgan ko‘prik bilan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisi to‘g‘risida axborot

25.08.07 21:08

25 avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi. Parlament yuqori palatasining a’zolari yalpi majlisning ikkinchi ish kunini “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqishdan boshladilar.

Prezident Islom Karimovning Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘lining ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

24.08.07 21:23

Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar! Muhtaram mehmonlar! Avvalambor, siz azizlarni mamlakatimiz hayotidagi tom ma’noda unutilmas va tarixiy voqea – Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘lining ishga tushirilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etishga va sizlarning timsolingizda mana shu qurilishda qatnashgan ishchi va quruvchilarni, bu ulug‘ ishga munosib hissa qo‘shgan barcha insonlarni bag‘rimga bosib, o‘zimning cheksiz minnatdorligimni bildirishga ijozat bergaysiz.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida

23.08.07 22:01

23 avgust kuni parlament yuqori palatasining qo‘mitalarida Senatning bo‘lajak o‘n birinchi yalpi majlisi kun tartibiga kiritish mo‘ljallanayotgan masalalarni ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan majlislar bo‘lib o‘tdi. Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi ham bo‘lib o‘tdi. Unda parlament yuqori palatasining o‘n birinchi yalpi majlisiga tayyorgarlikka taalluqli masalalar ko‘rildi.

Isroil parlament delegatsiyasining tashrifi

20.08.07 17:03

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Isroil Davlati Knesseti (parlamenti) Spikerining o‘rinbosari Amnon Koen rahbarligidagi delegatsiya 20 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Erkin Xalilov bilan uchrashdi.

Gumanitar sohadagi samarali hamkorlik

17.08.07 17:29

Yaponiya tashqi ishlar vazirining parlamentdagi o‘rinbosari, parlament deputati Midori Matsushima xonim 17 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Rustam Qosimov bilan uchrashdi.

SHHTning Bishkek sammiti

16.08.07 21:16

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 15-16 avgust kunlari Qirg‘iziston Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida bo‘lib, Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida so‘zlagan nutqi

16.08.07 20:55

Muhtaram davlat rahbarlari! Hurmatli yig‘ilish qatnashchilari! Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarini qutlash va Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Qurmanbek Bakiyevga samimiy mehmondo‘stligi, Davlat rahbarlari kengashi majlisini yaxshi tashkil etgani uchun minnatdorlik izhor etish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

An’ana va zamonaviylik – jamoatchilik nigohida

16.08.07 19:02

Kuni kecha bo‘lib o‘tgan “O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya jamoatchilik o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi. “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining navbatdagi ijtimoiy so‘rovlaridan biri konferensiya mavzuiga bag‘ishlandi. O‘zA muxbiri markaz direktori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Ra’no Ubaydullayevadan so‘rov natijalari haqida so‘zlab berishni iltimos qildi.

Samarqandning islom sivilizatsiyasidagi o‘rni

15.08.07 19:46

“O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini 15 avgust kuni Samarqand shahrida davom ettirdi. Samarqand shahri mustaqillik yillarida juda ko‘p qutlug‘ shodiyonalar, to‘yu tantanalarning guvohi bo‘lib kelmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida bu yerda ko‘plab buyuk ajdodlarimizning tavallud ayyomlari keng nishonlandi.


Yangiliklar :