Rossiya Federatsiyasi Prezidenti O‘zbekistonga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 10-dekabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 10-dekabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.Ikki mamlakat davlat bayroqlari bilan bezatilgan Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kutib oldi.
Qisqa muloqotdan so‘ng Rossiya delegatsiyasi Ko‘ksaroy majmuida o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.
Islom Karimov va Vladimir Putin uchrashuv va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston – Rossiya hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashadilar.
Tashrif yakunida turli sohalardagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.