| Русский | English | Français | Deutsch | العربية | Saytning oldingi versiyasi |
![]() |
| Siyosat | Iqtisodiyot | Jamiyat | Texnologiyalar | Madaniyat | Sport | Hujjatlar | Xorij xabarlari | Ob-havo | Valyutalar |
Muhim vazifalar muhokamasiO‘zA, Yorqul Umar, 12.02.2010 13:02 Navoiy viloyati faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. U 2009 yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda Prezidentimiz Islom Karimovning shu yil 29 yanvarda Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida belgilangan eng muhim vazifalar ijrosiga bag‘ishlandi. Yig‘ilishni Navoiy viloyati hokimi E.Turdimov boshqardi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Inqirozga qarshi choralar dasturi asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar Navoiy viloyatida ham iqtisodiy o‘sish sur’atining barqarorligini ta’minlamoqda. 2009 yilda viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmi 8,2 foizga oshdi, jumladan, sanoatda 1,8, qishloq xo‘jaligida 7,1, chakana savdoda 21,5, xizmat ko‘rsatishda 20,6, qurilish sohasida 7,2 foiz o‘sishga erishildi. Mahsulot tannarxini pasaytirish va raqobatbardoshligini oshirish chora-tadbirlari natijasida yirik korxonalarda jami 380,2 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘ iqtisod qilindi. Viloyat tijorat banklari tomonidan iqtisodiy-ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun ajratilgan 236,6 milliard so‘mdan ortiq kredit mablag‘ining 104,1 milliard so‘mi qishloqlarning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishga, ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirildi. Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalash, sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash maqsadida o‘tgan yil davomida 19,1 milliard so‘m miqdorida investitsiyalar jalb qilindi. Shundan 1,3 milliard so‘mi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalardir. Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yilida viloyatda uchta kasb-hunar kolleji foydalanishga topshirildi. Ikki maktab yangidan qurildi, 31 maktab kapital rekonstruksiya qilindi. Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘i hisobidan yettita maktabda sport zallari qurildi. 72 aholi punktida ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi. 25,6 kilometr masofada yangi gaz quvurlari o‘tkazildi. Qishloq joylarda 65 issiqxona tashkil etilib, bir yarim mingdan ziyod kishi ish bilan ta’minlandi. 14 go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi barpo etildi. Viloyatda bu kabi chora-tadbirlar pirovardida qariyb 40 ming ish o‘rni yaratildi. Viloyat faollari yig‘ilishida qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan birga ayrim kamchiliklar ham mavjudligi qayd etildi. Xususan, “Amantaytov-Goldfildz” qo‘shma korxonasi va “Navoiyelektrokimyozavodi” yopiq aksiyadorlik jamiyatida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi pasayib ketdi. Nurota, Xatirchi, Uchquduq, Konimex, Karmana, Tomdi tumanlarida aholi bandligini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonalar tashkil etish ishlari talab darajasida emas. Yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, aholining turmush farovonligini oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Navoiy viloyati faollari yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.Shoismatov so‘zga chiqdi. So‘nggi yangiliklar: Shaxmatchimiz sovrinli o‘ringa da’vogar Iqtidorli sportchilar bellashuvi |
Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |