| O‘zbekcha | Русский | English | Français | Deutsch | العربية | Saytning oldingi versiyasi |
![]() |
| Siyosat | Iqtisodiyot | Jamiyat | Texnologiyalar | Madaniyat | Sport | Hujjatlar | Foto | Xorij xabarlari | Ob-havo | Valyutalar |
Adliya idoralari: sarhisob va rejalarO‘zA, Norgul Abduraimova, 08.02.2010 18:32 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida tizimda 2009 yilda amalga oshirilgan ishlar yakuni va galdagi vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezidentimiz Islom Karimovning 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasidan kelib chiqadigan vazifalarga e’tibor qaratildi. Adliya vaziri R.Muhiddinov boshqargan majlisda mamlakatimiz sud-huquq tizimida izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligini yanada oshirishga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi. Adliya organlari mamlakatimiz ijtimoiy hayotida muhim o‘rin tutuvchi ko‘plab qonun hujjatlarini tayyorlash, amalda joriy etish, bir xilda va aniq qo‘llanilishini ta’minlash borasida izchil faoliyat olib borayotir. Ijtimoiy-siyosiy hayotni, davlat tuzilishini, jumladan, sud-huquq sohasini erkinlashtirish, insonning huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Huquqni qo‘llash amaliyotini doimiy tahlil qilish, uning monitoringi va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha asoslangan takliflar tayyorlash tizimi o‘z samarasini bermoqda. Tadbirkorlar va xususiy mulk egalarining qonuniy manfaatlari himoyasi izchil ta’minlanmoqda. Sud hujjatlari va boshqa davlat organlari hujjatlari ijrosini ta’minlashning samarali mexanizmini yaratish, notariat, advokatura, FHDYO organlari hamda fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tuzilmalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va samaradorligini oshirish borasida izchil chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. O‘tgan yilda adliya organlari tomonidan mingdan ziyod qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjat loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi. Idoraviy-normativ huquqiy hujjatlardan 281 tasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Shuningdek, 342 normativ-huquqiy hujjat davlat hisobiga olindi. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida keng ko‘lamli huquqiy targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. 20 mingga yaqin normativ-huquqiy hujjat joylashtirilgan “O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi – LexUz” faoliyati yanada takomillashtirildi. Inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash yuzasidan adliya organlari tomonidan fuqarolarning 27 mingdan ortiq murojaati ko‘rib chiqildi. Adliya organlari tizimida tashkil etilgan “Ishonch telefoni”ga bo‘layotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish ham alohida e’tiborda. O‘tgan davrda bu borada mingga yaqin fuqaroning murojaati qanoatlantirildi. Tadbirkorlarning huquqlarini himoyalashda shartnomaviy munosabatlarni qonuniy asosda tashkil etishga alohida e’tibor qaratilayotir. Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatdan va moliyaviy ta’minlash departamentining ish yurituvidagi mavjud ijro hujjatlaridan salkam 86 foizining ijrosi ta’minlandi. “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash borasida qilinishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Yig‘ilishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tanqid qilinib, ularni bartaraf etish choralari belgilandi. So‘nggi yangiliklar: Raqamli teleko‘rsatuvlar uchun tyunerlar |
Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |