Русский | English | Français | Deutsch | العربية Saytning oldingi versiyasi

Siyosat RSS

Oqsaroyda qabul

O‘zA, 18.01.2010 19:55

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 18 yanvar kuni Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasi hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari ushbu tashrif o‘zaro munosabatlarimizni yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarish uchun muhim prinsipial ahamiyatga molik ikki tomonlama, ayni paytda ko‘p tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanini ta’kidladi.

Ikki mamlakat siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa ko‘plab sohalarda hamkorlik qilmoqda.

Oqsaroydagi uchrashuv chog‘ida Igor Shuvalov samimiy qabul uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga minnatdorlik bildirib, o‘zaro munosabatlar rivojlanib borayotgani va ikki mamlakat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.

So‘nggi yangiliklar:

Shaxmatchimiz sovrinli o‘ringa da’vogar

Ob-havo ma’lumoti

Iqtidorli sportchilar bellashuvi

Inson manfaatlari doim ustuvor

Telefon tarmog‘i taraqqiyoti

Reklama