O‘zA O`zbek

05.03.2019 16:42:40 Chop etish versiyasi

“Mohir mustangir”da bir oyda 3 tonna goʻsht qayta ishlanmoqda


Jizzax viloyati Doʻstlik tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan “Mohir mustangir” fermer xoʻjaligi oʻz mablagʻidan tashqari “Xalq banki”ning Mirzachoʻl tuman filialidan olingan 300 million soʻm kredit evaziga 60 bosh jaydari mol va 45 bosh nasldor qoramol parvarishlamoqda.

5 kishi mehnat qilayotgan xoʻjalikda kuniga 110-120 litrdan ziyod sut sogʻib olinib, shartnoma asosida maktabgacha taʼlim muassasalariga yetkazib berilmoqda. Oyiga 3 tonna goʻsht qayta ishlanib, tuman markazidagi savdo shoxobchasiga va maktabgacha taʼlim muassasalariga tarqatilmoqda.

– Xoʻjaligimizni kengaytirish uchun zarur choralar koʻrganmiz, – deydi chorvador Omon Mirzaqulov. – Kelgusida chorva mollarni parvarishlash texnologiyasini toʻliq oʻzlashtirsak, koʻrsatkich oʻtgan yilgiga nisbatan ortadi. Shu bois, ayni paytda ozuqa zaxirasini jamlash maqsadida 22 gektar ekin maydonimizga makkajoʻxori ekish uchun tayyorlab qoʻyganmiz.

2.JPG

3.JPG

4.JPG