O‘zA O`zbek

14.07.2020 Chop etish versiyasi

Zarafshon milliy tabiat bogʻiga fotosayohat

Zarafshon milliy tabiat bogʻiga fotosayohat
Samarqand viloyatida joylashgan Zarafshon milliy tabiat bogʻi. U oʻzining betakror Buxoro xonguli bugʻulari, ajoyib tabiati bilan alohida eʼtiborga sazovor.

Yozning jaziramasida bu hududga keluvchilar soni ancha ortadi. Ayniqsa, ekoturizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida hududda 15 nafar tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan maxsus dam olish maskanlari tashkil etilmoqda.

– Joriy yil boshidan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qarori bilan dam olish markazi tashkil etish boʻyicha 0,5 gektar yer maydoni ajratilgan edi, - deydi tadbirkor Latifjon Ergashov. – Berilgan imtiyozdan unumli foydalanib, hududda nafaqat yozda, balki qishda ham turistlar uchun xizmat koʻrsatish maqsadida bu yerda yozgi va qishki basseyn tashkil etdik. Maskanda oilaviy tashrif buyuruvchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida 8 kishilik yotoqxona ham tayyorladik. Kelgusida sayyohlar tabiat qoʻynida bir necha kun qolishlari ham mumkin.

Bogʻ hududi uch qismga ajratilgan boʻlib, dam olish hududi 352 gektarni tashkil qiladi. Bu hududda uchta turistik yoʻnalish tashkil qilingan. Birinchi yoʻnalishda tillarang qirgʻovul va qushlarni kuzatish mumkin. Ikkinchi yoʻnalishda esa Buxoro xonguli bugʻulari bilan tanishish koʻzda tutilgan. Uchinchi yoʻnalishda bogʻning betakror oʻsimlik dunyosi, tabiiy landshafti bilan tanishiladi. Koʻpchilik sayyohlar tabiiy sharoitdan bahra olish uchun bu yerga tashrif buyurishadi.

3 257
Alisher ISROILOV(surat), OʻzA