O‘zA O`zbek

05.03.2019 Chop etish versiyasi

Yoʻl-patrul xizmati xodimasi

Yoʻl-patrul xizmati xodimasi

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni

Mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlar faol ishtirok etmoqda.

Ulardan biri Navoiy viloyati IIB YHXB yoʻl-patrul xizmati 1-safarbarlik guruhi inspektori Dilfuza Toʻrayevadir. Sohada 10 yillik tajribaga ega Dilfuza yoʻl-patrul xizmatida bir yildan buyon faoliyat yuritmoqda. Hozirgacha 300 dan ortiq qoidabuzarliklarni joyida aniqlab, maʼmuriy bayonnoma tuzgan. Hududdagi yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga hissa qoʻshib kelmoqda.

– Kasbimni sevaman, - deydi Dilfuza Toʻrayeva. – Xizmat jarayonida tabiiyki, turli xarakter va kayfiyatdagi haydovchilar bilan muloqotda boʻlishga toʻgʻri keladi. Bunda albatta, muomala madaniyati va odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etamiz. Asosiy maqsadimiz qoidani buzganlarni jazolash emas, aksincha, yoʻl harakati ishtirokchilarining oila aʼzolari bagʻriga sogʻ-omon yetib borishini taʼminlashdir.

2.jpg

3.jpg

5.jpg

2 178
Siroj Aslonov (surat), OʻzA