O‘zA O`zbek

22.02.2019 16:24 Chop etish versiyasi

Yetti pirdan biri

Yetti pirdan biri

Xoʻja Orif Revgariy ziyoratgohi Buxoro viloyati Shofirkon tumanida joylashgan.

Buxorolik mashhur yetti pirdan biri Xoʻja Orif Revgariy Mohitobon Shofirkon tumanining Revgar qishlogʻida tugʻilgan. Yuz yildan ziyod umr koʻrib, 1259 yili vafot etgan. Hazrat qabri Shofirkon markazida obod ziyoratgohga aylantirilgan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 16 fevral kuni Buxoro viloyatiga tashrifi chogʻida Bahouddin Naqshband, Abduxoliq Gʻijduvoniy, Orif Revgariy, Ali Romitaniy, Boboyi Samosiy, Mahmud Fagʻnaviy, Sayyid Amir Kulol meʼmoriy majmualarini oʻz ichiga olgan yetti pir ziyoratgohining zamon talablari darajasida rekonstruksiya qilinishi mamlakatimizda yangi sayyohlik yoʻnalishi ochilishida muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Ayni kunlarda Xoʻja Orif Revgariy ziyoratgohida Prezidentimiz koʻrsatmalari asosida bunyodkorlik ishlari jadal olib borilmoqda. Ziyoratgoh atrofi milliy uslubdagi devor bilan oʻralib, hududda choyxona, ziyoratchilar uchun dam olish joylari bunyod etilmoqda. Maqbaraning ichki qismiga marmar yotqizilmoqda. Konferens zal, muzey, maʼmuriy binolarda taʼmirlash ishlari bajarilmoqda. Bunyodkorlik ishlariga “Mohitobon” qurilish MCHJ quruvchi-mutaxassislari bilan birga, xorazmlik mohir ustalar ham jalb etilgan.

1.JPG

3.JPG

4.JPG

5.jpg

8.jpg

11.JPG

Tohir Istatov (surat), OʻzA
1 449