O‘zA O`zbek

20.09.2019 Chop etish versiyasi

Xokkeychilarimizning g‘olibona odimlari davom etmoqda

Xokkeychilarimizning g‘olibona odimlari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, Toshkentning “Xumo-2” xokkey klubi Qozog‘iston ochiq chempionatida ishtirok etmoqda. Kecha hamyurtlarimiz Petropavlovskning “Qulager” jamoasi bilan muzga tushdi.

“Ice city” ko‘ngilochar majmuida bo‘lib o‘tgan bellashuvda poytaxtliklar yana g‘alaba nashidasini surdi – 4:2.

“Xumo-2“ – “Qulager“ 4:2 (2:1, 1:1, 1:0)

01:38 – 0:1 – Pervuxin (Loginov),

08:59 – 1:1 – Sedov (Maseyko, Letov),

17:36 – 2:1 – Popitich (Axmetyanov, Yanchuk),

30:26 – 2:2 – Iщenko (Xasenov, Kudin),

35:17 – 3:2 – Axmetyanov (Popitich),

59:55 – 4:2 – Baldin (Maseyko) .

Bugun xokkeychilarning javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

1 968
Muhammad AMIN (surat), O‘zA