O‘zA O`zbek

09.11.2019 Chop etish versiyasi

Voleybolchilarimiz tojikistonlik tengdoshlarini magʻlub etdi (foto)

Voleybolchilarimiz tojikistonlik tengdoshlarini magʻlub etdi (foto)

Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti sport majmuida erkaklar oʻrtasida voleybol boʻyicha “Toshkent-2019” xalqaro turniri boʻlib oʻtmoqda.

Bugun vakillarimiz tojikistonlik tengdoshlari bilan maydonga tushdi. Keskin va murosasiz oʻtgan oʻyinda sportchilarimiz 3:0 hisobida gʻalaba nashidasini surdi. Turkmaniston va Qirgʻiziston uchrashuvida esa 3:1 hisobi qayd etildi.

Ertaga Xalqaro turnirning gʻolib va sovrindorlari maʼlum boʻladi.

1 955
Muhammad AMIN (surat), OʻzA