O‘zA O`zbek

28.09.2019 Chop etish versiyasi

“Tumor”dan ajib guldasta

“Tumor”dan ajib guldasta

FOTOREPORTAJ. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrida mazkur ijodiy jamoa qoshidagi “Tumor” raqs ansamblining konserti boʻlib oʻtdi.

Ansambl 2011-yilda tashkil etilgan boʻlib, u milliy raqslarimizni rivojlantirish, uni xalqaro miqyosda targʻib etish, milliy raqs va xoreografiya borasida izlanayotgan yosh isteʼdodlarni xalqimizga yaqindan tanishtirishga faol hissa qoʻshib kelmoqda.

Uning balet raqslari opera va balet spektakllarining yanada qiziqarli va jozibador boʻlishini taʼminlab kelmoqda. Ansambl mamlakatimiz milliy raqs sanʼatining barcha maktab va anʼanalarini oʻzida faol va betakror tarzda mujassam etgani bilan ahamiyatlidir.

Yangi mavsumdagi ilk konsertda dastlab yurtimizning turli hududlariga xos boʻlgan milliy raqslardan namunalar ijro etilgan boʻlsa, ikkinchi qismda dunyo xalqlarining betakror raqslaridan lavhalar tomoshabinlar eʼtiboriga havola etildi. Nainki raqs va xoreografiya, balki joʻshqin musiqa, sheʼriyat kechasiga aylangan ushbu konsert sanʼat muxlislariga manzur boʻldi.

791
N.USMONOVA, Oqil GʻULOMOV (surat), OʻzA