O‘zA O`zbek

21.09.2019 Chop etish versiyasi

Toshkentda Markaziy Osiyo shaxmat festivali start oldi (fotoreportaj)

Toshkentda Markaziy Osiyo shaxmat festivali start oldi (fotoreportaj)

Xalqaro shaxmat akademiyasida 20 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil va qiz bolalar oʻrtasida Markaziy Osiyo shaxmat festivali start oldi.

Mazkur chempionat RosAtom, FIDE va Oʻzbekiston Respublikasi hukumati hamda mamlakat shaxmat federatsiyasi tomonidan tashkil qilingan.

Markaziy Osiyo shaxmat festivali doirasida 3 ta turnir boʻlib oʻtadi. Asosiy musobaqa - 20 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Markaziy Osiyo chempionati. Bundan tashqari, rapid (tezkor shaxmat) boʻyicha uch guruhda va maktab oʻquvchilari oʻrtasida musobaqa hamda FIDE arbitrlari uchun xalqaro seminar boʻlib oʻtadi.

Musobaqada 6 mamlakatdan – Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Afgʻoniston va Oʻzbekistondan 200 nafardan oshiq shaxmatchi ishtirok etmoqda.

Markaziy-Osiyo-shaxmat (2).jpg

Markaziy-Osiyo-shaxmat (4).jpg

Markaziy-Osiyo-shaxmat (3).jpg

Markaziy-Osiyo-shaxmat (6).jpg

Markaziy-Osiyo-shaxmat (8).jpg

Markaziy-Osiyo-shaxmat (9).jpg

Markaziy-Osiyo-shaxmat (10).jpg

3 471
Muhammad AMIN olgan suratlar, OʻzA