Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkent shahrida “Favvoralar sayli” koʻtarinki ruhda davom etmoqda.

Maʼlumotlarga qaraganda, Ispaniya elchisi Klavixo 1404 yilning sentyabr-noyabr oylarida Amir Temurning Dilkusho bogʻida boʻlganida behad hayratga tushgan. Chunki bu yerda ustalik bilan qurilgan favvoralarni u hech qayerda uchratmagan edi. Keyinchalik u oʻz taassurotlarini quyidagicha bayon etgan: “Podshoh maxsus qurilgan baland oʻrindiqda oʻltirar va uning oldida suvi tepaga otilib turgan favvora boʻlib, unda qizil olmalar qalqib turardi…”

Klavixo bejizga ajablanmagan. XIV-XV asrlarda yurtimizda urf boʻlgan favvoralar hali Yevropa xalqlari uchun notanish edi. Qadimiy favvoralarni Alisher Navoiy asarlari va “Boburnoma”ga ishlangan miniatyuralarda ham koʻrish mumkin. Oʻz davrida favvoralar yoysimon, toʻrtburchak shakllarda boʻlib, anvoyi gullar ularga yanada koʻrkamlik baxsh etgan. Maxsus tayyorlangan sopol quvurlar orqali kelib, otilib chiqqan suv hovuzchalarga tushib, yana yopiq ariqlar orqali chiqib ketgan. Murakkab muhandislik-qurilish yechimi asosida bunyod etiladigan favvoralar ajdodlarimizning bunyodkorlik salohiyati, meʼmorchilik sanʼati naqadar yuksak boʻlganligidan dalolat. 

7.JPG

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik Katta teatri oldidagi “Sanʼat” favvorasi 1947 yilda, Yakkasaroy tumani Sharof Rashidov koʻchasidagi “Moviy gumbaz” favvorasi esa 1970 yilda qurilgan. Mustaqillik yillarida ham poytaxtimizda koʻplab favvoralar foydalanishga topshirildi. Ularni nazorat qilish uchun 2010 yilda Toshkent shahar hokimining qarori bilan “Toshkent favvorasi” davlat unitar korxonasi tashkil etilgan. 

– Bugungi kunda poytaxtimizda 117 ta favvora mavjud, – deydi “Toshkent favvorasi” DUK rahbari Azamat Axunjonov. – Korxona oʻz balansidagi favvoralarning mavjudlarini taʼminlash, yangilarini ishga tushirish va ularni nazorat qilish bilan shugʻullanadi. Ayni paytda Toshkent shahar hokimligi tasarrufida 43 ta favvora bor. Ulardan 37 tasi ishlab turibdi, qolgani taʼmirlanmoqda. Toshkent shahar hokimligi poytaxtimizning diqqatga sazovor joylarini rekonstruksiya va moderinizatsiya qilish borasida katta saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda. Oʻtgan yili Mustaqillik maydonidagi favvora qayta taʼmirlandi, “Xalqlar doʻstligi”, “Sheʼriyat bogʻi” kabi yangi favvoralar foydalanishga topshirildi. “Bogʻchasaroy”, “Bolajon”, “Binafsha”, “Sayilgoh”, “Turkiston”, “Abdulla Qodiriy”, “Navroʻz”, “Xotira”, “Koinot” va boshqa favvoralar atrofiga energiya tejovchi qurilmalar, zamonaviy yoritgichlar oʻrnatildi. 

2019 yil 16 yanvar Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahridagi favvoralar holatini yaxshilash va rekonstruksiya qilish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra, “Toshkent favvorasi” davlat unitar korxonasi balansidagi favvoralarni kapital taʼmirlash, obodonlashtirish va rekonstruksiya qilish belgilandi. Shuningdek, favvoralar atrofidagi hududlarga shartnoma asosida tijorat va koʻngil ochish obyektlarini joylashtirish, bunda davlat-xususiy sheriklik tamoyili bilan tadbirkorlik subyektlariga begʻaraz uch yildan oʻn yilgacha boʻlgan muddatga topshirilishga rozilik berildi.

8.JPG

11.JPG

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahridagi 117 favvoraning nechtasi ishlamaydi?