O‘zA O`zbek

22.03.2019 Chop etish versiyasi

Toshkent koʻchalarida Navroʻz ayyomiga bagʻishlab harbiy sanʼatkorlardan konsertlar davom etadi

Toshkent koʻchalarida Navroʻz ayyomiga bagʻishlab harbiy sanʼatkorlardan konsertlar davom etadi

Bugun, 21 mart kuni Navroʻz bayrami munosabati bilan Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri tomonidan poytaxtimizning Xalqlar doʻstligi saroyi oldida konsert dasturi namoyish etildi.

Poytaxtimiz aholisi va mehmonlarining talablariga binoan hamda xalqimizga bayramona kayfiyat ulash uchun Toshkent koʻchalarida harbiy sanʼatkorlar tomonidan konsert dasturlari davom etadi.

AD7A8869.JPG

Mudofaa vazirligi rahbariyatining Navroʻz – umumxalq bayramiga tuhfa sifatida ertaga, 22 mart kuni Toshkent shahrining aholi dam olish va istirohat bogʻlarida harbiy orkestrlar, Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli jamoalari hamda harbiy xizmatchilar tomonidan milliy liboslarda koʻrgazmali chiqishlari va konsert dasturlari qoʻyiladi.

Soat 11:00 dan 13:00 gacha:

AD7A8934.JPG

“Lokomotiv” bogʻi (Eko-bozor yonida) — Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi harbiy orkestri va kursantlarning koʻrgazmali chiqishlari;

“Bobur” bogʻi — Chirchiq garnizoni harbiy orkestri hamda badiiy havaskorlik jamoasi, Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilarining koʻrgazmali chiqishlari;

“Gʻofur Gʻulom” bogʻi — Mudofaa vazirligi Makaziy harbiy orkestri, Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli.

“Ashxobod” sayilgohi — Chirchiq garnizoni harbiy orkestri hamda badiiy havaskorlik jamoasi, Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilarining koʻrgazmali chiqishlari;

“Anhor-Lokomotiv” sayilgohi — Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi harbiy orkestri va kursantlarining koʻrgazmali chiqishlari;

“Mirzo Ulugʻbek” bogʻi — Mudofaa vazirligi Makaziy harbiy orkestri, Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli.

Soat 15:00 dan 18:00 gacha:

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

3 051
OʻzA