O‘zA O`zbek

05.04.2019 Chop etish versiyasi

“Toshkent bahori” shaxmat musobaqasi boshlandi

“Toshkent bahori” shaxmat musobaqasi boshlandi

Kecha shaxmatga ixtisoslashtirilgan Respublika bolalar-o‘smirlar sport maktabida an’anaviy “Toshkent bahori” turniriga start berildi.

Turnirda 150 nafardan oshiq sportchi “A” va “B” guruhlariga bo‘lingan holda o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazmoqda.

1-turdan so‘ng, “A” guruhida 34 nafar shaxmatchi g‘alaba nashidasini surdi. 12 nafar shaxmatchi durangga imzo chekdi.

“B” guruhida esa g‘oliblar soni 34 nafarni tashkil qildi. Ammo bu guruhda bironta ham durang qayd etilmadi.

“Toshkent bahori” shaxmat musobaqasi 12 aprelga qadar davom etadi.

Shax-Tosh-bahori (1).jpg

Shax-Tosh-bahori (2).jpg

Shax-Tosh-bahori (3).jpg

Shax-Tosh-bahori (4).jpg

Shax-Tosh-bahori (5).jpg

1 521
Muhammad Amin (surat), O‘zA