O‘zA O`zbek

22.02.2019 16:20 Chop etish versiyasi

Texnikalar mavsumga shay holga keltirilmoqda

Texnikalar mavsumga shay holga keltirilmoqda

Buxoro viloyati Peshku tumanidagi mashina traktor parki 330 fermer xoʻjaligiga texnik xizmat koʻrsatadi.

Park tasarrufidagi 14 ta haydov traktori va 10 ta gʻalla oʻrish kombayni mavsumda dala ishlariga jalb etiladi.Ayni paytda 20 nafar ilgʻor chilangar, payvandchi, texnik-mutaxassis texnikalarni taʼmirlab, mavsumga shay holga keltirmoqda. Shuningdek, park huzurida “Agro servis” MCHJ tashkil etilgan boʻlib, fermer xoʻjaliklari hisobidagi chopiq traktorlarini taʼmirlash bilan shugʻullanadi.

3.JPG

5.JPG

8.JPG

7.JPG

Tohir Istatov (surat), OʻzA
1 409