O‘zA O`zbek

21.11.2019 Chop etish versiyasi

Teatrsahnasida “Suluvlar”

Teatrsahnasida “Suluvlar”

Mannon Uyg‘ur nomidagi Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi joriy ijodiy mavsumda o‘zining yangi asarlari bilan teatr ixlosmandlarini xushnud etmoqda.

Teatr sahnasida bu gal yoshlar hayotini yumor vositasida aks ettirgan komediya tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi.

Sanat arbobi Ravshan Mansurov rejissyorligida yaratilgan yangi sahna asarining nomi “Suluvlar” bo‘lib, unda yoshlar hayoti, ularning o‘y-xayollari, sevgi va sadoqat tuyg‘ulari qiziqarli voqealar orqali talqin etilgan.


photo5384513500593892503.jpg

photo5384513500593892504.jpg

1 847
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA