O‘zA O`zbek

25.02.2019 Chop etish versiyasi

Tarixiy maskanning zamonaviy qiyofasi

Tarixiy maskanning zamonaviy qiyofasi

Prezident tashrifidan soʻng

Toshkent shahar Olmazor tumani Qizil koʻchasida joylashgan “Imom at-Termiziy” jome masjidi 1876 yil Ismoil suvoqchi tomonidan hashar yoʻli bilan qurilgan. Masjid avval “Taxtapul” nomi bilan faoliyat olib borgan.

Mustaqillik yillarida unga “Imom at-Termiziy” jome masjidi nomi berildi.

Mazkur masjid madaniy meros tarixiy yodgorliklari roʻyxatiga kiritilib, davlat muhofazasiga olingan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 21 aprel kuni Toshkent shahrining Olmazor tumaniga tashrifi chogʻida bu masjidni rekonstruksiya qilish boʻyicha topshiriq bergan edi.

Qisqa vaqt ichida yangi qiyofaga kirgan masjid 2018 yilning 16 may kuni foydalanishga topshirildi. Bu yerda moʻmin-musulmonlar ibodat qilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Uning xonaqohi 1800 kishiga moʻljallangan. Masjidda kutubxona, oshxona va bir qancha maʼmuriy xonalar mavjud.

19.JPG

11.JPG

4.JPG

25.JPG

27.JPG

33.JPG

34.JPG

2 138
Xurshid Qodirov, Oqil Gʻulomov (surat) OʻzA