O‘zA O`zbek

05.08.2020 Chop etish versiyasi

Surxon vohasining goʻzal tabiati (fotoreportaj)

Surxon vohasining goʻzal tabiati (fotoreportaj)


Surxondaryo oʻzida moʻjiza va hayratlarni jamlagan diyor. Purviqor togʻlariyu, goʻzal tabiati bilan yana-da fusunkor.

Sariosiyo shimolida Hisor togʻ tizmalari, janubi-gʻarbiy qismida esa Bobotogʻ va Baysuntogʻ tizmalari koʻkka qarab yastangan. Hisor togʻining eng baland nuqtasi bulutlarga tutash boʻlib, oʻz tigʻi bilan bulutni ayro qilgan qilichdek boʻy koʻrsatgan.

Osmonoʻpar balandlikdagi ushbu betakror manzara kishini oʻziga lol etmay qoʻymaydi. Ayniqsa, togʻlar etagidagi daralar erta bahorda lolaqizgʻaldoqlar bilan bezanib, yana-da koʻrkamlashadi. Ushbu joylarda boʻlgan, borliqning musaffo havosidan nafas olgan kishi albatta, tabiat tuhfasiga qayta-qayta tasanno aytadi.

photo_2020-08-05_10-10-23.jpg

photo_2020-08-05_10-10-25.jpg

photo_2020-08-05_10-10-26.jpg

photo_2020-08-05_10-10-27.jpg


4 192
Jonibek QOʻZIMURODOV(surat), OʻzA