O‘zA O`zbek

20.05.2020 Chop etish versiyasi

Sopolning sehrli jilolari

Sopolning sehrli jilolari

Fargʻona vodiysining goʻzal maskanlaridan boʻlgan Rishton azaldan kulolchilik maskani sifatida tanilgan.

Rishtonlik ustalar tomonidan tayyorlangan kulolchilik mahsulotlari oʻzining dizayni, tabiiy rangi va qalampir nusxali naqshlarga boyligi bilan ajralib turadi. Buxoro, Samarqand, Xorazm kabi qadimiy shaharlardagi doʻkonlarda savdoga qoʻyilgan Rishton kulolchilik buyumlari va miniatyuralari chet ellik sayyohlar qiziqishini tortib, bu sanʼat namunalariga boʻlgan talabni kundan-kun oshirmoqda. Rishtondagi qaysi bir kulolning ustaxonasida boʻlmang, barchasi qoʻli-qoʻliga tegmay, zavq bilan ishlayotganini koʻrasiz.

Rishton tumani markazida tadbirkor Ravshanbek Tojiddinov rahbarlik qilayotgan “R plyos koron” masʼuliyati cheklangan jamiyatida “Koron” kulolchilik markazi tashkil etilgan. Bu yerda tayyorlanayotgan ajoyib serjilo naqshli 200 turdagi kulolchilik mahsulotlari barchani oʻziga maftun etadi.

2 612
Muqimjon QODIROV olgan suratlar, OʻzA