O‘zA O`zbek

13.11.2019 Chop etish versiyasi

So‘x tumaniga fotosayohat

So‘x tumaniga fotosayohat

So‘x tumani qishloqlari kundan-kun chiroy ochmoqda. Yangi ta’lim dargohlari, tibbiyot muassasalari, sport inshootlari, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etilmoqda.

To‘laligicha Qirg‘iziston hududi bilan o‘ralgan So‘x tumanining “G‘aznov”, “Sohibkor”, “Devayron”, “Sarikanda”, “Hushyor”, “Qizil Qiyoq” mahalla fuqarolar yig‘inlari kun sayin rivojlanmoqda. Yaqinda “Sohibkor” mahalla fuqarolar yig‘inida 10 mingdan ziyod aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan 51-qishloq oilaviy poliklinikasi ta’mirlanib foydalanishga topshirildi. Bu yerda ijtimoiy dorixona ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Ta’lim tojik tilida olib boriladigan 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ham to‘liq rekonstruksiya qilindi. Dov-daraxtlarga burkangan fayzli ko‘chalar, ravon yo‘llar, muhtasham uy-joylar zamonaviy me’moriy uslubda qurilgan xizmat ko‘rsatish shoxobchalari aholining turmush darajasi oshib borayotganidan dalolat beradi.


photo5357349855376288615.jpg

photo5359670056839129866.jpg

photo5359670056839129867.jpg

photo5359670056839129868.jpg

photo5359670056839129869.jpg

photo5359670056839129870.jpg

photo5359670056839129871.jpg

1 914
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA