O‘zA O`zbek

11.02.2020 Chop etish versiyasi

“Sirdaryo” chegara bojxona posti zamonaviy jihozlandi

“Sirdaryo” chegara bojxona posti zamonaviy jihozlandi

“Sirdaryo” chegara bojxona posti kapital ta’mirlanib, qo‘shimcha qurilgan binolar foydalanishga topshirildi.

“Sirdaryo” chegara bojxona postida, post orqali harakatlanayotgan fuqarolar va haydovchilarga hamda xizmat olib borayotgan davlat nazorat organlariga qo‘shimcha qulaylik va sharoitlar yaratish maqsadida jami 1 milliard 350 million so‘mlikdan ortiq ish bajarildi. Postning ma’muriy va dam olish binolari, post hududidagi nazorat o‘tkazish joylari to‘liq kapital ta’mirlandi. Oshxona, kiyinish va yuvinish xonalari yangidan zamonaviy usulda qurilib, to‘liq jihozlandi.

Respublika Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan viloyat bojxona boshqarmasiga “Isuzi” rusumli zamonaviy avtobus, bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan barcha turdagi avtotransport vositalarini bojxona nazoratidan o‘tkazish, bojxona posti o‘tkazuvchanligini yanada oshirish va ko‘rik vaqtini qisqartirish maqsadida Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan “Rapissan Eagle M60” rusumli qiymati 3 million 100 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan mobil inspeksion-ko‘rik majmuasi ajratilgan edi. Ushbu majmua olib kelinib, o‘rnatildi. Mobil inspeksion-ko‘rik majmuasi joriy yilning yanvaridan boshlab to‘liq ishlamoqda.

14 813
A.QAYuMOV, F.TOShMATOV, (surat), O‘zA