O‘zA O`zbek

06.04.2019 Chop etish versiyasi

Shifokorlar faol yurishni targ’ib qilmoqda

Shifokorlar faol yurishni targ’ib qilmoqda

Sog’lom turmush tarziga muntazam ravishda amal qilish turli xastaliklardan holi, sog’lom va baxtli yashash omilidir. Shundan kelib chiqqan holda joriy yil 6 aprelь kuni Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan mamlakatimiz bo’ylab “Sog’lom hayotga qadam tashla” shiori ostida Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan 5 kilometr masofaga faol yurish va gimnastrada tardbirlari tashkil etildi.

Faol yurishning foydali ekanligi barchaga ma'lum. Ya'ni, faol yurish orqali yurak qon-tomir kasalliklari, insulьt, xavfli o’smalar, nafas olish a'zolarining surunkali kasalliklari va qandli diabet kabi yuqumli bo’lmagan kasalliklarning oldini olgan bo’lamiz. Muhimi, yurish sport turlari orasida eng osoni va qulayidir. Buning uchun juda ko’p energiya sarflashning hojati yo’q, ijobiy ta'siri esa juda yuqori.

Gimnastrada ham salomatlik uchun foydali bo’lib, unda guruh-guruh bo’lib yengil gimnastika mashqlari bajariladi. Natijada, mushak tizimi mustahkamlanadi, bo’g’imlar harakati yaxshilanadi. Bundan tashqari, kuch, tezlik va chidamlilikni tarbiyalaydi. Sog’lomlashtiruvchi ta'sir kuchiga ega mashqlar tufayli qomatning tik va to’g’ri rivojlanishi ta'minlanadi.

Faol-yurish (3).jpg

– Ushbu ommaviy tadbirlar doirasida “Ochiq eshiklar kuni” ham tashkil etilib, murojaat qilgan bemorlarga respublika, viloyat, tuman va shahar tibbiyot muassasalari shifokorlari tomonidan bepul va malakali tibbiy maslahatlar berildi, – deydi Аholining sog’lom turmush tarzini qullab-qo’vvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori Barno Odilova. – Tuman va shaharlarda joylashgan markaziy xiyobonlar, supermarketlarda jadval asosida ikki soat davomida “Salomatlik maydonchalari” ham tashkil kilinib, unda antropometrik o’lchovlar, savolnoma va maxsus tekshiruvlar asosida noinfektsion kasalliklarni keltirib chiqaruvchi xavf omillari aniqlanib, tibbiy maslahatlar berildi. Аhamiyatli tomoni, endilikda “Ochiq eshiklar kuni”, “Salomatlik maydonchalari” hamda “Sog’lom ovqatlanish yarmarkalari” mos ravishda har hafta chorshanba, payshanba va juma kunlari tashkil etib boriladi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilgan ushbu ommaviy tadbirlarda Sog’liqni saqlash vazirligi, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va filiallari, respublika va viloyat tibbiyot muassasalari hamda hududlardagi hamkor tashkilotlar vakillari, tibbiyot oliy o’quv yurtlari va kollejlar talabalari ishtirok etdi.

Eslatib o’tamiz, Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan joriy yil mart oyi davomida, haftaning har shanbasida mamlakatimizning barcha hududlarida Yurish kuni, Yurish bo’yicha marafon kuni, “Salomatlik sari qadam” kuni hamda Velosipedda sayr kuni kabi ommaviy tadbirlar ko’tarinki ruhda o’tkazildi.

Faol-yurish (4).jpg

Faol-yurish (6).jpg

Faol-yurish (8).jpg

Faol-yurish (9).jpg

Faol-yurish (12).jpg

Faol-yurish (13).jpg

1 207
Muhammad Аmin, O’zА