O‘zA O`zbek

26.09.2019 Chop etish versiyasi

Shaxmat bo‘yicha Markaziy Osiyo festivali davom etmoqda

Shaxmat bo‘yicha Markaziy Osiyo festivali davom etmoqda

Xalqaro shaxmat akademiyasida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida Markaziy Osiyo shaxmat festivali bo‘lib o‘tmoqda.

RosAtom, FIDE va O‘zbekiston Respublikasi hukumati hamda mamlakat shaxmat federatsiyasi tomonidan tashkil qilingan chempionatning 5 turi ortda qoldi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda qozog‘istonlik Kseniya Balabaeva, Nilufar Yoqubboeva, Bahora Abdusattorova (o‘zbekistonlik)lar 5 imkoniyatdan 4 ta ochko jamg‘argan holda peshqadamlik qilishmoqda.

O‘g‘il bolalar guruhida esa hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 4,5 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi.

Keyingi o‘rinlarni ham shaxmatchilarimiz Nodirbek Yoqubboev (4 ochko) va Saidakbar Saydaliev (3 ochko)lar egallab turibdi.

Musobaqa 29 sentabrga qadar davom etadi.

1 847
Muhammad AMIN (surat), O‘zA