O‘zA O`zbek

20.07.2019 08:01 Chop etish versiyasi

Sayyohlar bilan gavjum maskan

Sayyohlar bilan gavjum maskan

Hozirgi kunda Buxoro shahridagi Chor-Minor atrofida xonadonlar sayyohlar uchun oilaviy mehmon uylarini tashkil etgan.

Chor-Minor meʼmoriy yodgorligi anʼanaviy usulda qurilgan masjid, bir qavatli madrasa, atrofi bir qavatli hujralar bilan oʻralgan hovlidan iborat.

Davr taqozosiga koʻra, Chor-Minor hujralarida yashagan fuqarolar 1961-1962-yillarda yangi qurilgan binoga koʻchirilgan. Bu yerdagi masjid tuz omborxonasi sifatida foydalanilganligi bois yaroqsiz holga kelgan va buzib tashlangan. Madrasa hujralari buzilib, bir qismi namuna sifatida qayta taʼmirlab qoʻyilgan.

Bugungi kunga kelib, Chor-Minor kirish qismi minoralari, eski hovuz va madrasa qayta taʼmirlanib, oldingi shaklga keltirilgan.

Sayyohlar qadami uzilmaydigan ushbu manzilda yuksak didli, zamonaviy mehmonxonalarning koʻpayishi ayni muddao boʻlmoqda.

2.jpg

8.jpg

12 (1).jpg

Tohir ISTATOV (surat), OʻzA
2 357