O‘zA O`zbek

22.11.2019 Chop etish versiyasi

Saylovoldi tashviqoti boshlandi

Saylovoldi tashviqoti boshlandi

O‘zbekiston XDP Buxoro viloyat va shahar kengashlari hamkorligida “Maqsadimiz – aholi turmush darajasini yanada oshirish” shiori ostida partiyaning yangi formatdagi saylovoldi tashviqoti boshlandi. 

Saylovoldi tashviqotining “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar!” mavzuida o‘tkazilgan seminar-treningida partiya saylovoldi dasturida belgilangan masalalar, mahalliy kengash deputatlari saylovoldi dasturlarini shakllantirishga oid ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 23-Buxoro saylov okrugidan nomzodi ko‘rsatilgan O‘tkir Nadjimiddinovning hudud aholisi bilan uchrashuvi tashkil etildi. 

–Xalq demokratik partiyasi saylovoldi dasturida aks etganidek, aholining yashash sharoiti yaxshilansa, jamiyatda ehtiyojmand oilalar iqtisodiyoti barqarorlashib borsa, makroiqtisodiyot rivojlanadi va shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda O‘zbekiston o‘z o‘rni hamda mavqeini mustahkamlaydi, - deydi O‘.Nadjimiddinov. – Bu bizning ezgu maqsadimizdir.

1 972
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA