O‘zA O`zbek

30.01.2020 Chop etish versiyasi

Salomatlikning muhim omili

Salomatlikning muhim omili

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Zero, sog‘lom turmush tarziga amal qilish salomatligimizning muhim kafolatidir.

Buxorolik Yusuf Hamroev va Nargiza Karimova oilasida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish doimiy kun tartibiga kiritilgan.

– Kasbim shifokor, – deydi Yusuf Hamroev. – Salomatlikni asrash, turli kasalliklarni oldini olishda sportning, jismoniy faollikning o‘rni beqiyosligini oilam juda yaxshi biladi. Uyimiz yaqinidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining sport majmuasida badantarbiya mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishni odat qilganmiz. Qizlarim Azizaxon va Nodirabegimlar tennis o‘ynashni o‘rganish istagida.

17 349
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA