O‘zA O`zbek

10.07.2020 Chop etish versiyasi

Sahro bagʻridagi ovul (fotoreportaj)

Sahro bagʻridagi ovul (fotoreportaj)

Navoiy viloyati markazidan 250 kilometr olisda joylashgan Konimex tumanidagi “Uchtepa” ovul fuqarolar yigʻinida qariyb 2 ming 300 nafar aholi istiqomat qiladi.

Qumtepalar hamda saksovulzorlar orasidagi mazkur moʻjizaviy qishloqda aholi asosan chorvachilik bilan shugʻullanadi. Uchtepaliklar qadim milliy anʼana va qadriyatlarni saqlab qolgan ovullardan biridir. Mazkur hududda mehmon boʻlgan kishi, albatta, oʻtovlar toʻridagi doʻmbiraga koʻzi tushadi. Sababi, ovul aholisi orasida xalq termalarini kuylaydigan yoshu keksalar koʻp.

Qumtepalar ustidan qaraganda hovuchdekkina koʻrinadigan bu betakror ovulning tabiati, madaniy merosi va qadimiy anʼanalari sayyohlarni ham maftun qilmoqda. Bu yerda sayyohlar uchun zamonaviy mehmonxona barpo etilayotgani esa hududda turizm tarmogʻini rivojlantirishga xizmat qiladi.

3 221
Siroj ASLONOV(surat), OʻzA