O‘zA O`zbek

22.05.2019 Chop etish versiyasi

Rustam Qosimjonov Jahon kubogining saralash musobaqasida ishtirok etmoqda (foto)

Rustam Qosimjonov Jahon kubogining saralash musobaqasida ishtirok etmoqda (foto)

Bugun Xalqaro shaxmat akademiyasida Jahon kubogi uchun Markaziy Osiyo saralash musobaqalari start oldi. Turnirda hamyurtlarimiz bilan birga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘onistondan tashrif buyurgan shaxmatchilar ishtirok etmoqda.

Musobaqalarda Jahon chempioni, O‘zbekiston faxri Rustam Qosimjonovning ham qatnashayotganligi e’tiborga molik. Shuningdek, Nodirbek Yoqubboev, Nodirbek Abdusattorov, Shamsiddin Vohidov, Javohir Sindorov, Gulruhbegim Tohirjonova, Sarvinoz Qurbonboeva, Bahora Abdusattorova, Nilufar Yoqubboeva kabi mahoratli shaxmatchilarimiz ham Jahon kubogi uchun beriladigan yo‘llanmani qo‘lga kiritish maqsadida dona surmoqda.

Jahon kubogining saralash bosqichi 29 mayga qadar davom etadi.


Shaxmat-kubok (1).jpg

Shaxmat-kubok (4).jpg

Shaxmat-kubok (3).jpg

Shaxmat-kubok (6).jpg

1 140
Muhammad AMIN (surat), O‘zA