O‘zA O`zbek

31.03.2019 Chop etish versiyasi

“Paxtakor” peshqadamga aylandi

“Paxtakor” peshqadamga aylandi

Hozirgina Oʻzbekiston superligasining 2-turidan oʻrin olgan “Bunyodkor” - “Paxtakor” uchrashuvi yakunlandi. Derbi nomiga mos keskin kurashlarga boy tarzda oʻtgan oʻyinda “sherlar” 2-1 hisobida gʻalabaga erishdi.

Oʻyinni kutilmaganda yosh “qaldirgʻochlar” ancha dadil boshladi va nomdor raqibidan aslo hayiqmadi. Biroq baribir tajriba oʻz soʻzini aytdi. Doston Hamdamov hamda Dragan Cheranlar tomonidan kiritilgan ikki toʻpga “Bunyodkor” aʼzosi Mirjahon Mirahmadov bir marta javob qaytardi xolos. Shu tariqa “Paxtakor” ketma-ket ikkinchi gʻalabasini tantana qildi va Oʻzbekiston superligasi-2019da hozircha tanho peshqadam boʻlib turibdi.

ALM_8204-2208x1472.JPG

ALM_8207-2208x1472.JPG

ALM_8239-2208x1472.JPG


1 941
Otabek Eshmamatov, Muhammad Amin (surat), OʻzA