O‘zA O`zbek

22.03.2020 Chop etish versiyasi

Osmon toqi ilk qadam qoʻyilgan maskan

Osmon toqi ilk qadam qoʻyilgan maskan
22-mart — Mirzo Ulugʻbek tavallud topgan kun

Temuriylarga xos tarzda ilm-fan rivojiga ulkan hissa qoʻshgan Mirzo Ulugʻbekning 1409-yilda taxtga kelishi Samarqandning yana-da obod boʻlishini taʼminlaydi. 

U matematika, astronomiya fanining eng ilgʻor olimlarini Samarqandga chorlaydi, rasadxona qurishga farmon beradi. 1424-1428-yillar mobaynida Samarqandning shimolida, Obirahmat arigʻi boʻyidagi Koʻhak tepaligi bagʻrida jahonga mashhur rasadxona quriladi. Mazkur hudud bugungi kunda ham dunyo nigohida. Hududda 1964-yilda ulugʻ alloma nomi bilan ataluvchi muzey tashkil etilgan. 2010-yilda bugungi qiyofasiga ega boʻlgan mazkur tarixiy maskan sayyohlar katta qiziqish bilan tashrif buyuradigan madaniy meros obyektlaridan biridir.

- Muzeyimizda 130 ga yaqin eksponatlar mavjud, — deydi Mirzo Ulugʻbek muzey majmuasi direktori Avaz Umarov. – Amir Temur va Mirzo Ulugʻbek davriga oid jamlanmalar ichida Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarining Samarqand qogʻoziga koʻchirilgan nusxasi, XV asrga tegishli sopol idishlar alohida ahamiyatga ega. Shuningdek, “Fulusi adliya” deb nomlangan Ulugʻbek davriga oid mis tangalar ham noyob eksponatlardan sanaladi. XVII asrga tegishli usturlob oʻz davrida ilmiy kuzatishlarda foydalanilgan. Bundan tashqari rasadxonaning qadimiy koʻrinishlari aks etgan maketlar ham sayyohlar katta qiziqish bilan tomosha qilishadi.

photo_2020-03-22_10-13-35.jpg

photo_2020-03-22_10-13-38.jpg

photo_2020-03-22_10-13-43.jpg

photo_2020-03-22_10-13-47.jpg

photo_2020-03-22_10-13-49.jpg

photo_2020-03-22_10-13-52.jpg

photo_2020-03-22_10-13-54.jpg

photo_2020-03-22_10-13-56.jpg

4 124
Alisher ISROILOV (surat), OʻzA