O‘zA O`zbek

23.05.2019 17:17 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash muzeyida bo‘lganmisiz?

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash muzeyida bo‘lganmisiz?

Poytaxtimizdagi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash muzeyi 1973 yilda, Sharqning buyuk hakimi va olimi Abu Ali ibn Sino tavalludining 1000 yilligi arafasida tashkil topgan.

Muzeyda “Abu Ali ibn Sino”, “X-XI asrlarda Sharq tibbiyoti tarixi (Ma’mun akademiyasi)”, “XIX asr oxiri – XX asr boshida tibbiyot tarixi”, “Ikkinchi jahon urushi davrida (1941-1945 yy.) sog‘liqni saqlash tarixi”, “XIX asr oxiri – XX asr boshida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tarixi”, “Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar to‘g‘risida (1991-2018)”, “Inson sog‘lig‘i gigienasi, tarixi va hozirgi kuni” kabi ekspozitsiya zallari mavjud. Ularda tibbiyot tarixining turli davrlariga xos qadimiy qo‘lyozmalar, dorivor o‘simliklar tavsifi, ularni tayyorlash uchun mo‘ljallangan idishlar, tibbiy asbob-uskunalar, shifokorlar buyumlarini ko‘rish mumkin. 

Sog‘liqni saqlash muzeyiga 1984 yilda mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimining yirik tashkilotchisi bo‘lgan professor Qayum Zoirov nomi berilgan.


1.JPG

4.JPG

7.JPG

8.JPG

9.JPG

10.JPG

12.JPG

A’lo ABDULLAEV (surat), O‘zA
1 091