O‘zA O`zbek

19.05.2020 Chop etish versiyasi

“Oʻzbekiston” mehmonxonasi haqida 5 ta fakt

“Oʻzbekiston” mehmonxonasi haqida 5 ta fakt

Poytaxtimizdagi “Oʻzbekiston” mehmonxonasi 1966-yilgi zilziladan soʻng markaziy xiyobonga qurilgan ilk zamonaviy inshootdir.

Tashqi koʻrinishidan ochilgan kitob shaklini eslatuvchi 17 qavatli mehmonxonani qurishda anʼanaviy quyosh nurini toʻsuvchi qurilma-panjaralardan foydalanilgan. Muhtasham inshoot atrofdagi binolar bilan oʻzaro mos uygʻunlashgan.

Mehmonxona XX asr oxirlarida rekonstruksiya qilinib, xalqaro standartlarga mos holda xizmat koʻrsatish sifatini yoʻlga qoʻygan. Bugunga kelib bu maskanda bir nechta restoran, konferensiya zallari, biznes markazlari joy olgan. Turli xalqaro forum va festivallar oʻtadigan kunlarda “Oʻzbekiston” mehmonxonasi xorijlik mehmonlar uchun bosh qarorgoh vazifasini oʻtamoqda.

photo_2020-05-19_10-16-14 (2).jpg

photo_2020-05-19_10-16-14.jpg

photo_2020-05-19_10-16-15.jpg

photo_2020-05-19_10-16-16.jpg

photo_2020-05-19_10-16-17.jpg

2 281
Aʼlo ABDULLAYEV olgan suratlar, OʻzA