O‘zA O`zbek

23.09.2020 Chop etish versiyasi

“Oʻzbek tili boʻyicha eng yaxshi videodars” tanlovi uchun 4 mingdan ortiq ish topshirildi

“Oʻzbek tili boʻyicha eng yaxshi videodars” tanlovi uchun 4 mingdan ortiq ish topshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti va Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida Oʻzbek tilini oʻqitish metodikasini takomillashtirish va ommalashtirishga qaratilgan “Oʻzbek tili boʻyicha eng yaxshi videodars” uslubiy-ijodiy ishlar tanlovi eʼlon qilingan edi.

Tanlov umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan oʻqituvchilarning ona tili va oʻzbek tili oʻqitish metodikasini takomillashtirish va ommalashtirishga qaratilgan ijodiy ishlarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, oʻzbek tilini ona tili va davlat tili sifatida oʻqitilishi boʻyicha ilgʻor pedagogik faoliyatni keng targʻib etish va oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirishga qaratilgan.

Mazkur tanlov joriy yilning 20-avgustida eʼlon qilingan boʻlib, tayyorlangan videodars va uning taqdimoti elektron shaklda @videodars_newbot Telegram boti orqali qabul qilindi va “Oʻzbek tili boʻyicha eng yaxshi videodars” uslubiy-ijodiy ishlar tanlovining dastlabki bosqichi yakunlandi.

Endi tanlovning keyingi bosqichlari boshlandi, “Oʻzbek tili boʻyicha eng yaxshi videodars” uslubiy-ijodiy ishlar tanlovining Nizom talablariga muvofiq, hakamlar hayʼati aʼzolari, mutaxassis va ekspertlar tomonidan tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar saralanmoqda.

Maʼlumot uchun: tanlov natijalari www.til.gov.uz hamda www.uzedu.uz saytlari va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinib, tanlov gʻoliblari Oʻzbek tili bayrami arafasida taqdirlanadi.

Ushbu tanlov uchun 4 mingdan ortiq ijodiy ish qabul qilindi.

5 283
Aʼlo ABDULLAYEV olgan suratlar