O‘zA O`zbek

26.10.2019 Chop etish versiyasi

OʻzA jamoasi “Bosh vazir kubogi“da sovrindor boʻldi (fotoreportaj)

OʻzA jamoasi “Bosh vazir kubogi“da sovrindor boʻldi (fotoreportaj)

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasida tashkil etilgan ayollar oʻrtasidagi voleybol boʻyicha oʻtgan “Bosh vazir kubogi” musobaqasi yakunlandi.

Oʻzbekiston jahon tillari universitetida oʻtgan voleybol musobaqasining soʻnggi kunida Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi jamoasi bronza medali uchun oʻtgan keskin va murosasiz oʻyinda “Maktabgacha taʼlim vazirligi“ni 2-1 hisobida taslim etdi.

Shuningdek, “Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ jamoasi musobaqada birinchi, “Qishloq xoʻjaligi vazirligi“ jamoasi ikkinchi pogʻonadan joy oldi.

Musobaqa gʻolib va sovrindorlarining taqdirlash marosimi, ertaga 27-oktyabr kuni “Milliy“ stadionida boʻlib oʻtadi.

O'zA-3-o'rin (5).jpg

O'zA-3-o'rin (7).jpg

O'zA-3-o'rin (8).jpg

O'zA-3-o'rin (11).jpg

O'zA-3-o'rin (9).jpg

O'zA-3-o'rin (15).jpg

O'zA-3-o'rin (6).jpg

1 029
Javohir TOSHXOʻJAYEV, Muhammad AMIN olgan suratlar, OʻzA