O‘zA O`zbek

28.09.2019 Chop etish versiyasi

Oʻquvchilarim bugun oʻqituvchi boʻldi

Oʻquvchilarim bugun oʻqituvchi boʻldi
1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni 

Maktabga ilk qadam qoʻygan bolajonlarning qoʻliga qalam tutib, oʻqish va yozishni oʻrgatish, “Birinchi oʻqituvchim”, degan yuksak maqomga ega boʻlish har kimga ham nasib etavermaydi.

Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 1-umumtaʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, “Shuhrat” medali sohibasi Zulfiya Poʻlatova ana shunday baxtga sazovor boʻlgan muallimalardan. 1991-yildan buyon yoshlarga saboq berib kelayotgan pedagogni bugun turli sohalarda xizmat qilayotgan oʻquvchilari “Birinchi oʻqituvchim”, deb eʼzozlaydi.

photo_2019-09-28_12-45-23.jpg

– Oʻqituvchi har bir boladagi iqtidorni oʻz vaqtida ilgʻay olishi, uning harakatlarini ragʻbatlantirib borishi zarur, - deydi Z.Poʻlatova. - Bu jarayon oʻquvchining kelajakda toʻgʻri kasbni tanlashida muhim ahamiyatga ega. Boshlangʻich sinfda saboq bergan oʻquvchilarimning koʻpi bugun oʻqituvchi boʻldi. Ulardan Munavvar Ulugʻova, Roʻzimurod Bozorov, Maftuna Suvonova hozir oʻzi saboq olgan maktabda yoshlarga taʼlim-tarbiya bermoqda. Oʻquvchilarim bilan hamkasb sifatida mehnat qilish, ularning kamolini koʻrish menga huzur bagʻishlaydi.

Mahoratli pedagogning “Matematik oʻyin va masalalar” mavzusidagi metodik tavsiyasi tuman va viloyat miqyosida ommalashtirilgan.

photo_2019-09-28_12-45-25.jpg

photo_2019-09-28_12-45-27.jpg

photo_2019-09-28_12-45-29.jpg

675
Siroj ASLONOV (surat), OʻzA